Speaker
Ozols
Gatis Ozols
Latviya Respublikasi Aqlli ma’muriyat va mintaqaviy rivojlanish vazirligining Raqamli transformatsiya bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari

Gatis Ozols - Davlat kotibining raqamli transformatsiya masalalari bo'yicha o'rinbosari va hukumatning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori (CIO) hisoblanadi. U milliy va hukumat raqamli transformatsiya siyosati va strategiyasini ishlab chiqish va boshqarish uchun javobgardir. Uning asosiy faoliyat yo'nalishlari - davlat xizmatlarining raqamli tranformatsiyasi, davlat organlarida AKT boshqaruvi, hukumat platforma sifatida modelini amalga oshirish va ma'lumotlar iqtisodiyotini faollashtirish uchun ekotizim yaratishdan iborat.

Janob Ozols raqamli hukumat sohasida AKT loyihalarini boshqarish, davlat xizmatlari siyosati va milliy raqamli transformatsiya siyosatini qamrab olgan turli lavozimlarda 15 yildan ortiq professional ish tajribasiga ega. U xalqaro hamkorlik boʻyicha keng tajribaga ega, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universitetida (UN eGOV) amaliyot oʻtagan. U fuqarolar uchun raqamli xabardorlik dasturi va raqamli hukumat mezonlari kabi bir qancha Yevropa Ittifoqi tomonidan tan olingan va mukofotlangan milliy tashabbuslarning tashabbuskori.

Gatis milliy, munitsipal, xususiy, akademik va nodavlat sektorlar o‘rtasida ochiqlik va hamkorlik madaniyatini mustahkamlash hamda inklyuziv raqamli transformatsiyaga e’tibor qaratadi.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text