Speaker
Monika Avakyan
IT Ladies hamjamiyati rahbari, VEON AdTech kompaniyasi mijozlarga xizmat ko‘rastish bo‘limi rahbari
Monika Avakyan – raqamli reklama innovatsion yechimlari va ilg‘or tahlillarga ixtisoslashgan hamda sun’iy intellektga asoslangan VEON AdTech kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari.
Shuningdek, 2024-yil iyun oyidan boshlab u O‘zbekiston IT sohasida ayollarga muhim yordam va ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan IT Ladies hamjamiyatining rahbari bo‘lib ishlamoqda.
Monika 5 tilni (ingliz, turk, nemis, polyak, rus) mukammal biladigan professional, savdo, raqamli marketing, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va moliya bilan bog‘liq lavozimlarda 7 yillik tajribaga ega.
U Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan bogʻliq boʻlgan muhim koʻngillik dasturlari va tashabbuslarda ishlagan.