UZTELECOM brendi ostida xizmatlarini taqdim etuvchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida yetakchi telekommunikatsiya operatori hisoblanadi. Kompaniya o‘zining telekommunikatsiya tarmog‘i bilan O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan va 126 mamlakatda 251 ta xalqaro aloqa operatorlari bilan rouming hamkorligini yo‘lga qo‘ygan.
Kompaniya keng ko‘lamli xizmatlarni, jumladan, yuqori tezlikdagi Internet, mobil aloqa, interaktiv TV xizmati, mahalliy telefon aloqasi, turli sohalar uchun IT yechimlarni va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini taklif etadi. Kompaniya Frankfurt-Mayn, Moskva va Gonkongda o‘z PoP`lari mavjud bo‘lib, global telekommunikatsiya operatorlari bilan aloqalarni tezkor tashkil etish imkoniga ega.
ICTWEEK 2024 doirasida ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi, unda UZTELECOM ishtirok etib, innovatsion yechimlar hamda telekommunikatsiya xizmatlarining yangi yo‘nalishlarini taqdim etadi. UZTELECOM stendi mehmonlari sun’iy intellektni rivojlantirish va videokuzatuv xizmatining ilg‘or funksiyalari, interaktiv TV-xizmat, hamda bulutli xizmatlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar Kompaniyaning jamoasi tomonidan respublika boʻylab tarmoqlarni modernizatsiya qilish boʻyicha muvaffaqiyatli olib borilgan ishlari natijasida “Yil brendi”, Ookla kompaniyasining tadqiqotlariga ko’ra 2023-yilning 1- 2-choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq tezligi”, "5G ta’minoti uchun nufuzli LEAD Awards" mukofoti, shuningdek “MDH davlatlarining 2023-yildagi mintaqaviy operatori” kabi qator mukofotlarni qoʻlga kiritdi.