Toshkentdagi Amity universiteti axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm kabi oliy ta’limning turli yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini boshlang‘ich bakalavriat va magistratura bosqichlarida taklif etadi. Toshkentdagi Amity universiteti maqtovga loyiq tadqiqotlar va innovatsiyalar orqali jahon darajasidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi.
Amity’ning yuqori darajada amaliy va sanoatga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari mintaqadagi iste’dodga bo‘lgan ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, bu esa talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sanoatga yo‘naltirilgan ta’limga berilayotgan e’tibor natijasida o‘quv dasturlari sanoat vakillari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan. Amity’ning yana bir muhim jihati — bu jahon mezonlariga mos va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv muhiti yaratishga bo‘lgan intilishidir.
Hozirgi kunda Toshkentdagi Amity universitetida 750 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilarga Amity universiteti (Hindiston Respublikasi)ning namunaviy diplomi topshiriladi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.