O‘zbekiston va APT Satellite sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi
🔠ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda APT Satellite Company Limited (APSTAR) kompaniyasining ijrochi direktori va prezidenti Van Xunbin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish hamda Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📌Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi bozorini rivojlantirish istiqbollari, APT Satellite kompaniyasining mamlakatdagi biznes-rejalari, shuningdek, O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishda kompaniyaning mavjud va kelajakdagi sun’iy yo‘ldosh resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.