O‘zbekistonda quvvati 10 MVt va qiymati 150 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan Ma’lumotlar markazi qurayotgan Saudiya Arabistonining DATAVOLT kompaniyasi ICT WEEK Uzbekistan haftaligining Digital Transformation hamkori sifatida ishtirok etadi.
2030-yilgacha 5 mlrd AQSH dollari sarmoya kiritishni maqsad qilgan kompaniya Markaziy Osiyoning IT bozorini o‘rganishni maqsad qilgan.
DATAVOLT dunyo bo‘ylab 95 milliard AQSH dollaridan ortiq muhim infratuzilma loyihalarini ishlab chiqishda katta tajribaga ega kompaniyaning haftalikda ishtiroki Markaziy Osiyo bozoridagi kompaniyalarga o‘zining jozibadorligini ko‘rsatish imkonini beradi.
Maydoni 10 ming kv.m tashkil qilayotgan ICT WEEK haftaligidagi joylarning qariyb 90 foizini o‘z egalari band qilib bo'ldi.