Speaker
Boltaev
Reshat Boltaev
Huawei O‘zbekiston AKT yechimlari boʻyicha maslahatchisi

Reshat Boltaev 20 yildan ortiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Kasbiy faoliyati davomida O‘zbekiston bo‘yicha ko‘plab infratuzilma loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi hamda shahar telefon aloqa tizimlarini raqamlashtirishdan boshlab mamlakatdagi raqamli transformatsiya jarayonlarida faol ishtirok etdi.

Huawei va boshqa xalqaro kompaniyalarda turli lavozimlarda ishladi hamda loyihalarni boshqarish va ma'muriyat qilish sohasida katta tajriba orttirdi, shu jumladan istiqbolli texnologiyalar sohasida tadqiqotlar olib bordi. Mutaxassisligi strategiyalarni ishlab chiqishdan tortib zamonaviy AKT yechimlarini joriy etishgacha bo‘lgan keng qamrovli vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text