Speaker
Abdullayev
Bobur Abdullayev
Toshkent shahridagi Amity universiteti direktori

Raqamli texnologiyalar sohasidagi yosh va izlanuvchan mutaxassis – Bobur Abdullayev hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining bir qancha bo‘lim va boshqarmalari boshlig‘i, UZINFOCOM markazi direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bobur 2019-yilda Markaziy Osiyodagi birinchi Hindiston universiteti filiali sifatida Toshkentda Amity universiteti filialini ochish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. Uning rahbarligida Toshkent shahridagi Amity universitetining talaba va bitiruvchilarini yanada rag‘batlantirish va ishga joylashtirish maqsadida O‘zbekistonning 80 dan ortiq kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text