Denis Filippov Mastercard kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasini boshqaradi. U O'zbekistonda Mastercard’ning strategik maqsadlariga erishish, yangi mahsulotlarni joriy qilish va mavjudlarini rivojlantirish, hamkorlar va davlat organlari bilan yaqin hamkorlik qilishga mas’ul.
Denis 2012-yildan beri Mastercard’da ishlaydi, u yerda turli bozorlarda katta tajriba to‘plagan. U mahsulotlarni sotish bo'yicha ekspert, Rossiyada vitse-prezident, Belarus, Qozog'iston va Armanistonda savdo bo'yicha direktor, Belarusda mintaqaviy menejer lavozimlarida ishlagan.
U mobil to'lovlar, to'lov tizimlari, kredit va debet kartalari, ekvayring, elektron tijorat, NFC va protsessing, shuningdek, loyihalar va savdolarni boshqarish sohasida chuqur bilimga ega.