Kundalik muammolarni hal qilish va biznesni rivojlantirish uchun raqamli servislarning milliy ekotizimi. Uzum ekotizimi O‘zbekiston tarixidagi birinchi IT-yakkashox bo‘ldi. Har oyda Uzum servislaridan mamlakatning 10 milliondan ortiq aholisi foydalanadi. Uzum jismoniy shaxslar va kichik va o‘rta biznes uchun e-commerce, fintex va bank servislarini birlashtiradi: marketpleys, ekspress-yetkazib berish servisi, klassik va raqamli bank, BNPL-servis, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova. Ekotizimning fintex va e-commerce mahsulotlarining integratsiyasi tufayli Uzum O‘zbekiston aholisi uchun noyob foydalanuvchi tajribasini yaratib, mamlakatning barcha hududlari va aholi punktlari uchun eng zamonaviy texnologiyalarni taqdim etadi. Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab 100 mingdan ortiq tadbirkorlar o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun ekotizim servislaridan foydalanadilar, Uzum Market logistika infratuzilmasi esa yil oxirigacha 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan O‘zbekistonning barcha aholi punktlarini qamrab oladi.
-Uzum Market — keng assortimentli va mamlakat bo‘ylab 160 dan ortiq aholi punktlariga 1 kunda yetkazib beradigan marketpleys,
-Uzum Tezkor — 9 ta shahardagi 1600 dan ortiq restoran, kafe va do‘konlardan tayyor taomlarga buyurtma berish mumkin bo‘lgan servis, -Kapitalbank — mamlakatdagi eng yirik xususiy bank,
-Uzum Bank — p2p-o‘tkazmalar hajmi bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik raqamli bank,
-Uzum Nasiya — mamlakatdagi yetakchi muddatli to‘lov servisi,
-Uzum Avto — avtomobillarini xarid qilish platformasi,
-Uzum Business — tadbirkorlar uchun ilova.