Uztelecom — O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatori va mamlakat raqamli transformatsiyasining asosiy ishtirokchilaridan biri. Kompaniya mobil va simli aloqa, yuqori tezlikdagi internet, magistral va optik infratuzilma, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, bulutli xizmatlar, raqamli platformalar, sun’iy intellekt, Big Data va kiberxavfsizlik yechimlarini birlashtirgan milliy raqamli ekotizimni rivojlantirmoqda. Uztelecom infratuzilmasi butun mamlakatni qamrab oladi: optik tolali aloqa liniyalari uzunligi qariyb 400 000 km ga yetdi, tarmoq 30 mingdan ziyod tayanch stansiyalarni o‘z ichiga oladi, kompaniya xizmatlaridan esa 12 milliondan ortiq abonent foydalanadi. Uztelecom jismoniy va korporativ mijozlar, davlat sektori hamda xalqaro hamkorlarga zamonaviy telekommunikatsiya va IT-yechimlarini taqdim etadi, 4G/5G tarmoqlari, optik va bulutli infratuzilmani izchil rivojlantirib bormoqda.