Startup
UnitLab
Unitlab Annotate — sun’iy intellekt tizimlari uchun ma’lumotlarni belgilash platformasi bo‘lib, mashinaviy o‘qitish modellarini tayyorlash uchun yuqori sifatli belgilangan ma’lumotlarni yaratish jarayonini avtomatlashtiradi.
Platforma AI vositalari va ma’lumotlarni belgilash mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ma’lumotlarni yig‘ish va belgilash, sifat nazorati va jarayonlarni boshqarishni yagona tizimda amalga oshirish imkonini beradi.
Bu vaqt va xarajatlarni kamaytirish hamda ma’lumotlarni belgilash samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Shohruh Bekmirzayev
O‘zbekistonlik AI muhandisi va AI modellarini o‘qitish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi Unitlab AI kompaniyasi asoschisi.