"UNICON.UZ" MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining tizimli tashkiloti hisoblanadi. 1992-yilda Aloqa sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazi sifatida tashkil etilgan Markaz bugungi kunda mamlakat AKT sohasidagi raqamli transformatsiya va ilmiy-texnik taraqqiyotning yetakchi drayveri hisoblanadi.Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari telekommunikatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, aloqa me’yoriy-huquqiy va standartlashtirish bazasini yaratish, milliy standartlarni ishlab chiqish, shuningdek, telekommunikatsiya uskunalarini sertifikatlash va sinovdan o‘tkazishdan iborat. UNICON.UZ elektron raqamli imzolar (ERI) sohasidagi davlat siyosatini boshqaradi va rivojlantiradi, asosiy AT tizimlarining ishlashini ta’minlaydi, shuningdek, biznes va davlat tuzilmalari uchun o‘zining zamonaviy Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQM) va bulutli ekotizimning ilg‘or xizmatlarini taqdim etadi.