UNIBO — ISFORM MChJ tomonidan ishlab chiqilayotgan, o‘zbek tiliga moslashtirilgan, korxonalar va tashkilotlar uchun sun’iy intellekt yechimlarini taqdim etuvchi platformadir. UNIBO generativ AI, lokal va korporativ LLM, matn bilan ishlash, savol-javob, ma’lumotlarni tahlil qilish, STT (nutqni matnga aylantirish) va TTS (matnni ovozga aylantirish) texnologiyalarini yagona ekotizimda birlashtiradi.
Platforma bulutli muhitda yoki tashkilotning o‘z server infratuzilmasida ishlashga moslashtirilishi mumkin. Bu ma’lumotlar maxfiyligi va korporativ axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda foydalanish imkonini beradi. UNIBO davlat tashkilotlari, banklar, yirik korxonalar, ta’lim muassasalari va xizmat ko‘rsatish sohalarida ichki jarayonlarni avtomatlashtirish, xodimlar samaradorligini oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tezlashtirishga yo‘naltirilgan.