Eksponentlar ro‘yxati
School 21
“School 21” mamlakat, IT sohasi va biznesning raqamli transformatsiyasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Markaz O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar fuqarolariga, 18 yoshdan boshlab, IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarni bepul o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda Java, Swift, Python kabi to‘qqizta dasturlash tili o‘rgatiladi. Qabul avvalgi bilim, tajriba yoki diplomlarga bog‘liq emas. Ta’lim zamonaviy bozor talablariga moslashtirilgan raqamli gamifikatsiyalangan platformada olib boriladi.