Eksponentlar ro‘yxati
H3C
H3C — hisoblash, saqlash, tarmoqlar, 5G, xavfsizlik va terminal echimlarini o‘z ichiga olgan raqamli infratuzilmalar bo‘yicha global yetakchi. Kompaniyaning yagona platformasi bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, sanoat interneti, kiberxavfsizlik, aqlli aloqa va edge-computing sohalarini qamrab oladi, shuningdek, Xitoyda HPE serverlari va saqlash tizimlarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan H3C 16 000 dan ortiq patentga ega, ularning 90% ixtirolardan iborat, va mahsulotlari 180 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llaniladi.