Eksponentlar
EURO HEARING

«EURO HEARING» qo‘shma korxonasi O‘zbekistondagi yetakchi ixtisoslashtirilgan tibbiy-diagnostika va yuqori texnologiyali audio-vizual yechimlar markazlaridan biridir.

Kompaniya ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyat yuritadi. Birinchi yo‘nalish — «ACOUSTIC» eshitish markazi brendi ostida Daniyaning jahonga mashhur OTICON korporatsiyasi bilan hamkorlikda aholiga zamonaviy raqamli eshitish apparatlarini sotish, sozlash va xizmat ko‘rsatish.

Ikkinchi yo‘nalish — MAXHUB transmilliy brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori va hamkori sifatida ofislar, ta’lim muassasalari va konferensiya zallari uchun aqlli interaktiv panellar hamda videokonferensiya tizimlarini taqdim etish.

Korxona innovatsion texnologiyalarni tibbiyot va biznes muhitiga joriy etish orqali insonlarning hayot va mehnat sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish
Error text