O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Axborot texnologiyalari markazi» davlat unitar korxonasi 1979-yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborotlashtirish va IT-yechimlarni ishlab chiqish sohasida 47 yildan ortiq tajribaga ega. Markaz zamonaviy axborot tizimlari va raqamli ekotizimlarni yaratish, joriy etish hamda texnik qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— yuqori yuklamali veb va mobil ilovalar, shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) ishlab chiqish;
— sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘qitish (ML) asosidagi yechimlarni joriy etish;
— telekommunikatsiya infratuzilmasi, lokal hisoblash tarmoqlari (LHT) va uzluksiz elektr ta’minoti tizimlarini loyihalash va o‘rnatish;
— himoyalangan ma’lumot uzatish kanallarini yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda 24/7 rejimida texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.
200 dan ortiq malakali mutaxassislardan iborat jamoa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasiga xizmat qiluvchi yirik davlat va korporativ raqamli loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashning to‘liq siklini ta’minlaydi.