Astana Hub Markaziy Osiyodagi eng yirik texnopark bo'lib, texnologik biznes ekotizimini rivojlantirish, IT-mutaxassislarni tayyorlash va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Hozirgi kunda texnoparkda 1500 dan ortiq texnologik kompaniya, shu jumladan 400 dan ziyod xorijiy a’zolar faoliyat yuritmoqda. Ushbu kompaniyalar biznesni rivojlantirish va kengaytirish dasturlari, maxsus soliq va viza imtiyozlari, axborot-ta’lim ko‘magi hamda moddiy-texnik infratuzilmadan keng qamrovli yordam oladi. 2018-yilda rasman ish boshlagan “Astana Hub” qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyodagi eng yirik innovatsion markazga aylandi. Shu davr mobaynida uning ishtirokchilari 819 million dollarlik texnologik eksportni amalga oshirdi, 274,6 milliard tenge investitsiya jalb qildi, umumiy daromadi 1,1 trillion tengega yetdi va 28 mingdan ortiq ish o‘rni yaratdi.