Amity University Tashkent — Buyuk Britaniya, AQSh, BAA, Singapur, Hindiston va boshqa mamlakatlarda камpuslarga ega bo‘lgan global Amity Education Group tarmog‘iga kiruvchi xalqaro universitet. Toshkentdagi kampus O‘zbekiston va Markaziy Osiyo talabalariga jahon darajasidagi sifatli ta'lim berish maqsadida ochilgan.
Universitet axborot texnologiyalari, biznes, menejment, moliya, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura dasturlarini taklif etadi. Ta'lim ingliz tilida olib boriladi.
Amity talabalar hayotini faol rivojlantiradi, xalqaro stajirovkalar va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Universitetning missiyasi — global bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdir.