TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2019 YIL 7 YANVARDAGI PQ- 4097-SONLI FARMONI BILAN TASHKIL ETILGAN VA O‘QUV YILI 2019 YILDAN BOSHLANGAN.TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH, BAKALAVRIAT VA magistratura bosqichlarida oliy ta’limning turli yo‘nalishlarda, jumladan axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarinig taklif etadi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti maqtovga loyiq izlanishlar va innovatsiyalar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi.
Amity'ning yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan va eng zamonaviy talablarga javob beruvchi vositalar va infratuzilmadan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologik o‘quv muhitini yaratishga intilishidir.
Toshkent shahridagi Amity Universitetida ayni paytda 750 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilar Amity Universiteti (Hindiston Respublikasi)ning namunaviy diplomi bilan taqdirlanadi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.