Eksponentlar ro‘yxati
“ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ
Aksiyadorlik Jamiyati "ALSKOM SUG'URTA KOMPANIYASI" (O‘zR Moliya vazirligi litsenziyasi, seriya SF № 00211) O'zbekistonning sug'urta bozorida 1996 yildan beri faoliyat yuritadi va mamlakatdagi sug'urta munosabatlari hamda iqtisodiyotning rivojlanishiga sezilarli hissa qo'shadi. Kompaniya bugungi kunda O'zbekistondagi yetakchi sug'urta kompaniyalari ro'yxatida mustahkam o'rin egallaydi va butun Respublika bo'ylab 28 filial va 64 bo'limga ega. Xizmatlarning ishonchliligi "UzАAA" — "juda yuqori moliyaviy ishonchlilik" darajasi bilan tasdiqlangan bo'lib, bu reytingni "Standard and Sensitive Ratings" reyting kompaniyasi bergan. Kompaniyaning shakllantirilgan ustav kapitali 40 milliard so'mni tashkil etadi.