Alif — 2014-yilda tashkil etilgan xalqaro fintech kompaniya. Bizning missiyamiz — odamlarga kundalik vazifalarni yanada oson, qulay va hamyonbop tarzda hal qilishga yordam beradigan moliyaviy va texnologik yechimlarni yaratish.
Bugungi kunda Alif O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda mahsulot va xizmatlar ekotizimini rivojlantirmoqda. O‘zbekistonda mahsulotlarimizdan 3 milliondan ortiq mijoz foydalanadi. Ekotizim Alif superapp’i, Alif Shop marketplace’i, moliyaviy va texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, biz mamlakat bo‘ylab 5000 dan ortiq hamkor bilan hamkorlik qilamiz.
O‘zbekistondagi Alif jamoasi 300 dan ortiq xodimdan iborat. Alif Group faoliyat yuritadigan barcha mamlakatlarda 1400 dan ortiq mutaxassis 4,4 million mijoz uchun mahsulotlarni yaratish va rivojlantirish ustida ishlaydi.
Biz nafaqat texnologik va moliyaviy infratuzilmani, balki insonlar uchun yangi imkoniyatlarni ham rivojlantirishga intilamiz. Shu sababli ta’lim tashabbuslari, texnologiyalarni rivojlantirish va professional o‘sish uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratamiz.
Biz uchun nafaqat biznes ko‘rsatkichlari, balki mijozlar ishonchi, xodimlarning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilayotgan hissa ham muhim. Biz texnologiyalar va moliyaviy yechimlar odamlarga oldinga intilish va barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratishda yordam berishi kerak, deb hisoblaymiz.