🎮GameGap 2026 bo‘lib o‘tmoqda!
25.09.2026
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi GameGap 2026 o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston GameDev sanoatining rivojlanishi, xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari, investitsiyalar, nashriyot biznesi va mahalliy o‘yin studiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
➡️ Tadbirda mahalliy va xalqaro ekspertlar, GameDev studiyalari, investorlar, noshirlar hamda soha vakillari ishtirok etmoqda. Dastur davomida ekspertlar taqdimotlari, mahalliy loyihalar taqdimoti va “GameDev — High Risk, High Potential?” mavzusida panel muhokamasi o‘tkaziladi.
🔴Tadbirni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: