O‘zbekistonda biznes, onlayn xarid, onlayn to‘lov va boshqa raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan Uzum kompaniyasi ICT WEEK Uzbekistan 2024 haftaligining Unicorn hamkoriga aylandi.
Uzum market, Uzum tezkor, Uzum business, Uzum nasiya, Uzum bank kabi raqamli servislari orqali 12 million o‘zbekistonlikka xizmat ko‘rsatayotgan, 10 minglab tadbirkorlarni birlashtirgan kompaniya AKT haftaligida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bilan birga ishtirokchilarni o‘zining yangi ishlanmalari hamda istiqboldagi rejalari bilan tanishtiradi.
Uzum kabi yosh va shiddat bilan rivojlanib borayotgan kompaniya uchun O‘zbekiston axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan katta va muhim tadbirda ishtirok yangi hamkorlar va tajribalar beradi.
Uzum kompaniyasi haftalikda qatnashib, o‘zining yangi texnologiyalari va innovatsion yutuqlarini namoyish etishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ICT WEEK Uzbekistan davlat, kompaniya va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun xorijiy investorlarga O‘zbekiston IT bozorining jozibadorligini ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Joriy yilda umumiy maydoni 10 ming kv.m tashkil qilayotgan ICT WEEK haftaligida 200 dan ortiq mahalliy va xalqaro ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligida ko‘rishguncha!