17-20 sentabr kunlari Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “ICT WEEK Uzbekistan 2024” katta tadbiri boʻlib oʻtadi. IT sanoatining rivojlanishida yetakchi platforma bo‘lgan Invest Qatar ushbu tadbirning strategik hamkoridir.
Qatar ekspozitsiyasui ICT WEEK Uzbekistan ishtirokchilarini istiqbolli ishlanmalar va AKT sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtiradi.
Haftalik biznes dasturi doirasida, shuningdek, Qatar va O‘zbekistonning IT-sanoati, startaplar, texnologiya sektorlari va sarmoyaviy hamjamiyatlarning asosiy manfaatdor tomonlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakatning innovatsion startaplarini namoyish etish uchun dinamik pitch-sessiya ham rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Qatar kompaniyalariga potentsial hamkorlar bilan shaxsiy uchrashuvlar o'tkazish imkonini beruvchi B2G, B2B zonalari tashkil etiladi.