Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi aholi va tadbirkorlarga 650 dan ortiq elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz, O'zbekistonda eng yirik data markaz hisoblangan Raqamli hukumat ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi hamda boshqa zamonaviy xizmatlari bilan ICT WEEK UZBEKISTAN — 2024 haftaligida ishtirok etadi.
So‘nggi 20 yil davomida o‘zida bir qator IT tadbirlarni birlashtirib kelgan va Markaziy Osiyoning eng yirik IT tadbiri bo‘lishi kutilayotgan mazkur haftalikda joriy yilda 50 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda.
🗝ICT WEEKning asosiy maqsadi tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlarini namoyish etishdan iborat. Shuningdek O‘zbekiston IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etish uchun ham haftalik ajoyib imkoniyat sanaladi.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi Haftalikda raqamli hukumat hamda davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish borasidagi xizmatlarini namoyish etadi.