Bugungi kunda 7,7 milliondan oshiq abonentga ega Mobiuz (https://mobi.uz/uz/) kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi ishtirokchilari safidan joy oldi.
Zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi Mobiuz kompaniyasi ICTWEEKning faol ishtirokchilaridan biri bo’lib, har yili yangi texnologik yechimlarni namoyish etishga intiladi. Joriy yilda ham kompaniya o'zining yangiliklari bilan ishtirok etishni reja qilgan.
Eslatib o'tamiz, joriy yilda umumiy maydoni 10 ming kv.m tashkil qilayotgan ICTWeek haftaligida 200 dan ortiq mahalliy va xalqaro ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Hozirda tashkilotchilar tomonidan mahalliy kompaniyalar bilan bir qatorda yetakchi xorijiy kompaniyalar, IT investorlar hamda start-UP loyihalarini ro'yxatdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.
Siz ham ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling, joylar soni chegaralangan!