ICTWEEK matbuot-anjumani OAV uchun

2018 yil 24 sentabr kuni International Trade Centerda (ITC) O’zbekiston axborot texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK Uzbekistan-2018 rasmiy ochilishiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Konferentsiya ishtirokchilari: O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, tashkilotchilar, homiylar va hamkorlar axborot texnologiyalari haftaligining tadbirlari, dasturi, spikerlari va yangiliklari haqida batafsil ma’lumot beradi. Ommaviy axborot vositalarining(OAV) vakillari tashkiliy qo’mita, homiylar va hamkorlarga o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishlari mumkin.

 

Matbuot anjumani o’tkaziladigan joy — International Trade Center (ITC).

Sana: 24 sentyabr, 2018 yil.

Akkreditatsiya va hamkorlik masalalari bo’yicha:

Zukhra Ismailova

+998 99 847 99 90

info@ictweek.uz