ICTEXPO 2018

2018 yil 19-21 sentyabr kunlari Toshkentda ICTEXPO 2018 axborot texnologiyalari yillik milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko’rgazmani o’tkazishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari milliy sohasining yutuqlarini namoyish qilish, ekspertlar jamoasining professional platformasini shakllantirish, milliy bozor sub’yektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Ko’rgazmaning uch kunida 35 mingga yaqin mehmon, 70 dan ortiq eksponentlar kompaniyalari ishtirok etadilar.

 

Saytda stendni bronlab olishingiz mumkin. Ko’rgazmaga mamlakatimiz va chet el kompaniyalari taklif etiladilar.

 

Rasmiy yordam:

– O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi

– O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

 

O’tkazilish joyi: Toshkent, «O’zekspomarkaz» Ko’rgazma Markazi, 1 va 2-sonli pavilon.

Sana: 19-21 sentyabr, 2018 yil

Manzil: Toshkent sh. Amir Temur, 107.

Mo’ljal: Bodomzor metro stantsiyasi va Yapon bog’i.