ICTWEEK 17 natijalari

O’zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK Uzbekistan O’zbekiston Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng muhim yillik tadbir bo’lib, uning doirasida sammit, Forum, ko’rgazma va boshqa ko’plab ixtisoslashtirilgan tadbirlar, mukofotlashlar, taqdimotlar va tadbirlar o’tkaziladi.

O’tgan yilgi tadbir ishtirokchilari va mehmonlarining barcha istaklarini inobatga olgan holda, ICTWEEK 2017 tashkiliy qo’mitasi haftalikni o’tkazish uchun «O’zekspomarkaz» milliy ko’rgazmalar markazi(MKK) ni tanladi. MKKning qulay joyda joylashganligi, yangi ko’rgazma uskunalari va yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish loyihani eng yuqori darajada amalga oshirish imkonini berdi. Joriy yilda ham AKT haftaligi davlat organlari tomonidan alohida qo’llab-quvvatlandi. 2017 yil 5 iyulda O’zbekiston Respublikasi AKT haftaligi –  ICTWEEK Uzbekistan 2017 ni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha har tomonlama qo’llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilindi. Qarorda AKT sohasi va dasturiy ta’minot bozorining rivojlanishini rag’batlantirish, “O’zbekistonda elektron hukumat tizimi”ni joriy etishdan olingan imkoniyatlar va imtiyozlarni namoyish etish, shuningdek, AKT sohasini rivojlantirishga va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

ICTWEEK-2017 xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o’tkaziladigan matbuot konferentsiyasi bilan boshlandi.

Haftalik doirasida o’tkazilgan birinchi rasmiy tadbir ICTSUMMIT-2017 bo’ldi. Unda «Raqamli Iqtisodiyotdagi Trendlar», «Raqamli Iqtisodiyotning Davlat Bahosi», «Sanoat 4.0», «Mobil Texnologiyalarning Evolyutsiyasi va O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga ta’siri» va ko’plab boshqa mavzularda ma’ruzalar bo’lib o’tdi.

20 sentyabr kuni to’rtta sektsiyadan iborat ikki kunlik ICTFFORUM-2017 o’z ishini boshladi. «Elektron hukumat» va «Raqamli transformatsiyalar» sektsiyalari ishtirokchilari davlat xizmatlarini qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni muhokama qildilar. 21 sentyabr kuni ICT Forum «IT infratuzilmasi» va «Axborot xavfsizligi» sektsiyalari majlislari bilan davom etdi.

Sammit va Forum ishlariga parallel ravishda «O’zekspomarkaz» MKKda «ICTEXPO-2017» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi, ko’rgazma ishtirokchilarining talabi yuqori bo’lganligi sababli haftalikning tashkiliy qo’mitasi yangi tent pavilonida ko’rgazma stendlari uchun qo’shimcha joy ajratdi. Ko’rgazmada mamlakatimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 70 dan ortiq eksponent kompaniyalari, shuningdek, Rossiya, Qozog’iston, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlar ishtirok etdi. Ko’rgazmada ishtirok etish uchun kompaniyalarning bunday qiziqishi Qarorda aks etgan ijobiy sharoitlar bilan bog’liq. Bu qarorga asosan  «O’zekspomarkaz» MKK AJ AKT haftaligini o’tkazish vaqtida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqa vazirligiga ko’rgazma maydoni va uskunalari uchun imtiyozli narxlar taqdim etdi.

ICTEXPO-2017 ishtirokchilari axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, resurslar va boshqa dasturiy mahsulotlarni sotib olish, rivojlantirish va yaratish bo’yicha xizmatlarni taqdim qilish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan shartnomalar tuzish imkoniga ega bo’ldi. Haftalikni tashkil etishga yangi yondashuv bir qator faoliyatlarda o’z aksini topdi. Xususan, bu yilgi innovatsiyalardan biri ko’rgazmada ishtirok etish uchun stend uchun onlayn-bronlashtirish xizmati bo’ldi. www.2017.ictweek.uz saytining tegishli bo’limida interfaol xaritalar yordamida har bir potensial ishtirokchi o’ziga yoqqan manzilini tanlab, ko’rgazma maydonini bronlashtirishi mumkin bo’ldi. ICTWeek Uzbekistan tashkiliy qo’mitasi faol yoshlar o’rtasida AKT haftaligining tadbirlarida ko’ngillilar sifatida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qildi.  O’zbek, rus va ingliz tillarini biladigan va oldimgi yillardagi keng ko’lamli ko’rgazmalarda ishtirok etgan nomzodlarga imtiyoz berildi. 22 sentyabr Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi nihoyasiga yetdi. ICTWEEK Uzbekistan-2017 ishtirokchilari va hamkorlar va homiylarning ishi yuksak baholandi. Marosimning muhim qismlaridan biri ko’rgazma kompaniyalarini mukofotlash edi. Ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, quyidagi kompaniyalar 8 ta asosiy yo’nalish bo’yicha qimmatli statuetkalar egasi bo’ldi:

«Stendning eng yaxshi dizayni uchun» – «O’ZBEKTELEKOM»

«Eng innovatsion stend uchun» – VEON «OOO UNITEL» (TM BEELINE)

«Stendning eng yaxshi axborot ta’minoti uchun» – «Universal Mobile Systems» MChJ IMS

«Eng ko’p tashrif buyurilgan stend» – AK «UZBEKTELEKOM»

«Yoshlar tanlovi» – Huawei Tech Investment Tashkent

«Eng yaxshi reklama kompaniyasi uchun» – «COSCOM» IP UCELL MChJ

«Stend xodimlarining eng yaxshi ishi» – «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi

«ishtrok etuvchilarning simpatiyasi mukofoti» – «HAPPYME TECHNOLOGIES»

Mukofotlarni topshirish marosimida Mirzo Ulug’bek innovatsion center markazining 28 nafar resident-kompaniyalariga sertifikatlar topshirildi.

Marosim davomida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarini «Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda erishgan yutuqlari uchun» nominatsiyasi bo’yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Bundan tashqari, ICTWEEK-2017 haftasidagi AKT tadbirlarini faol va texkor yoritilishi uchun ommaviy axborot vositalari uchun maxsus mukofotlar topshirildi.

Nominantlarning batafsil ro’yhati va ularga tegishli ma’lumotlarni www.2017.ictweek.uz saytidan olishingiz mumkin.