Innovatsion Forum

19-21 sentyabr kunlari «O’zekspomarkaz» MKKning anjumanlar zalida INNOVATSION FORUM Axborot texnologiyalari haftaligi doirasida o’tkaziladi.
Forumning maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi mavjud tendentsiyalarni muhokama qilish uchun noyob ekspert platformasini tashkil etishdan iborat. Forum dasturi tematik blok-konferentsiyalar va bo’limlarga bo’lingan. IT-sohasining barcha vakillari nafaqat tinglovchilar, spikerlar(ma’ruzachilar), balki panel muhokamalari ishtirokchilari sifatida ham ishtirok etishga taklif etiladi.

Yetakchi IT-kompaniyalar va soha mutaxassislari jalb etilgan Forumning dasturiy qo’mitasi, yangi holatlar bilan dolzarb va qiziqarli ma’ruzalarni tanlab oladi. Forum ishida ishtirok etish uchun ushbu sohada katta tajribaga ega xorijlik ekspertlar va mutaxassislar taklif etiladi.

AKT Forumi dasturida aholining keng doirasi, yoshlar va yoshi kattalarni jalb qilish uchun turli interfaol tadbirlar o’tkaziladi. Interfaol tadbirlar axborot texnologiyalariga bo’lgan qiziqishni ommalashtirish va nomoyon qilishga qaratilgan.

Interfaol tadbirlar, madaniy-ko’ngilochar tadbirlar va aksiyalar tashkilotchilar, IT-kompaniyalar va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

AKT Forumi dasturi asosiy mavzuli blok- konferentsiyalari va bo’limlariga bo’linadi:

* mavzuli bo’limlar to’ldirilishi va o’zgartilishi mumkin

  • E-Government
  • CyberSecurity
  • Sun’iy intellekt
  • Cloud day
  • Raqamli iqtisod: muammo va imkoniyatlar
  • CIO Summit
  • Blockchain
  • Investitsiyalar
  • AT-ta’lim IT образования
  • Master-klasslar

 

O’tkazilish joyi: «O’zekspomarkaz» ning Konferents-zali va Atrium.

Sana: 19-21 sentyabr, 2018y.

Manzil: Toshkent sh. Amir Temur maydoni, 107.

Mo’ljal: Bodomzar metro stantsiyasi va Yapon bog’i.