Sammit

2018 yil 18 sentyabr kuni «Hyatt Regency» mehmonxonasida ICTSUMMIT 2018 Axborot texnologiyalari haftaligi doirasidagi birinchi rasmiy tadbir bo’lib o’tadi. Tadbir joriy yilning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishining yakunlarini sarhisob qilish va tarmoq oldida turgan strategik vazifalarni muhokama qilish bo’yicha plenar majlisi shaklida bo’lib o’tadi.

AKT Sammiti mamlakatimiz axborot texnologiyalari bozorida muhim va ahamiyatli voqeadir va uning vazifalari butun dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va uning barqaror rivojlanishini kengaytirishning global maqsadlariga mos keladi.

Sammitda davlat boshqaruv organlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasidagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etish uchun taklif etiladi.

 

O’tkazilish joyi: – Hotel Hyatt Regency mehmonhonasi (Regency Hall) .

Sana: 18 sentyabr, 2018 yil.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Navoiy shoh ko’chasi, 1A.